Hurmatli hamkasblar!
Sizlarni yurtimizning eng ulug‘ va qadrli bayrami — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda barcha sohalar qatori veterinariya va chorvachilik tizimi ham izchil rivojlanib, xalqimiz salomatligini asrash, chorvachilik mahsulotlari yetishtirish hajmini ko‘paytirish, sohada zamonaviy yondashuvlarni joriy etishda katta natijalarga erishildi. Bu yutuqlarda Siz, hurmatli hamkasblarimizning fidokorona mehnati va tashabbuskorligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Shu munosabat bilan Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, kasbiy faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar tilayman. Vatani va xalqiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan barcha xodimlarimizning mehnati barakali bo‘lsin.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz sohamiz fidoyilari!
Hurmat bilan, Z. Amonov