Yurtimizning muhtaram posbonlari!


Yurtimizning muhtaram posbonlari!

14.01.2023

Barchangizni 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etamiz. Vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlash, tinchligini saqlash - har bir erkakning Vatani oldidagi muqaddas burchidir.

Xususan, harbiy xizmatni o‘zining kasbi, Vatan va xalq oldidagi muqaddas burchi deb bilgan o‘g‘lonlarimizni sharaflash, ularga ehtirom ko‘rsatish barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir. 

Qadrli Vatanimiz himoyachilari!

Mana shu qutlug‘ kunda sizlarni bugungi bayram bilan chin dildan samimiy muborakbod etamiz.

Xalqimizga munosib va haqli ravishda faxrlana oladigan qurolli kuchlar yaratish yo‘lida olib borilayotgan ishlaringiz bardavom bo‘lsin.

Shu munosabat bilan barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, tinchlik - xotirjamlik, xizmatlaringizda o‘lkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Chegaralarimiz daxlsiz, osmonimiz musaffo bo‘lsin.

Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz Vatan himoyachilari!

Hurmat bilan,

Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi jamoasi