MASʼULLAR TOMONIDAN CHORVA MOLLARINING OZUQA BAZASI OʻRGANILMOQDA


MASʼULLAR TOMONIDAN CHORVA MOLLARINING OZUQA BAZASI OʻRGANILMOQDA


Qishning anomal sovuq kunlarida hayvonlarni asrash maqsadida veterinariya bo‘limi tomonidan chorvadorlar shtablaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etilgan.

Jumladan, Qo‘shrabot tumani, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi masʼul  xodimlari qishgi mavsumdan betalofat chiqish maqsadida hududdagi fermer xoʻjaliklari va aholi qaramogʻidagi  chorva mollarining ozuqa bazasini oʻrganib chiqishmoqda.

Shuningdek, masʼul xodimlar tomonidan chorvachilik bilan shugʻullanuvchi barcha fermer xoʻjaliklari mutaxassislariga anomal sovuqdan extiyot boʻlish maqsadida kerakli tavsiyalar berib oʻtilmoqda.

Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi axborot xizmati