Oziq-ovqat mahsulotlari sifati qat’iy nazorat qilinmoqda
Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining mutaxassis xodimlari tomonidan aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida xududiy dehqon bozorlarida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, viloyatning Payarik tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi va IIB JXX JTSB karantin guruhi xodimlari tomonidan aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash borasida tumanda joylashgan "Juma dehqon bozori"da nazorat tadbirlari olib borildi.
Shuningdek, mahsulotlarni saqlash va bu borada xavfsizlik choralarini ko‘rish bo‘yicha tadbirkorlarga muntazam ravishda tushuntirish va targ‘ibot ishlari ham olib borilmoqda.