QAROR VA IJRO


QAROR VA IJRO


Davlatimiz rahbarining “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov Samarqand viloyatida bo‘lib turibdi.

Qo‘mita raisi Bahrom  Norqobilov Samarqand shahrida joylashgan "Afrosiyob Parranda" mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tanishish chog‘ida Korxonada amalga oshirilayotgan yangiliklar hamda laboratoriya xonalari, ozuqa bazasi va inkubatorxonalari bilan yaqindan tanishib chiqdi hamda Korxona faoliyatini bundanda kengaytirish chet el investitsiyalarini jalb qilish, shu bilan birgalikda qo‘shni Mamlakatlarga ham tuxum eksportini kuchaytirish hamda aholiga arzonlashtirilgan tuxum mahsulotlarini etkazib berish  bo‘yicha kerakli tavsiyalarni berib o‘tdi.