Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan maʼnaviy tadbir tashkil etildi.


Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan maʼnaviy tadbir tashkil etildi.

27.10.2022

         21-oktyabr kuni Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasida  Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” shiori ostida maʼnaviy tadbir tashkil etildi. Tadbirda boshqarma xodimlari va tizim tashkilotlari ishtirok etishdi.  Tadbir davlat madhiyasi bilan boshlanib, soʻngra ishtirokchilarga Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Nurullayev Alisher Abdullayevichning bayram tabrigi oʻqib eshittirildi.

        Tadbir davomida boshqarma maʼsullari soʻzga chiqib, tinglovchilarga oʻzbek tili rivoji va uning vatan taraqqiyoti uchun ulkan ahamiyatga ega ekanligi toʻgʻrisida qizgʻin maʼruzalar taqdim etishdi.

       Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 10-apreldagi “Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan 21-oktyabr Oʻzbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

        Samarqand viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi axborot xizmati