Veterinariya xizmatlari 19,6 % ga oshgan
Milliy statistika qoʻmitasi ma'lumotlariga koʻra, 2025 yilning yanvar-avgust oylari yakunlariga koʻra, veterinariya xizmatlari hajmi 257,3 mlrd soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2024 yilning mos davri bilan solishtirganda 19,6 % ga oshgan.
Eng koʻp veterinariya xizmatlari koʻrsatilgan hududlar:
Toshkent shahri – 123,9 mlrd soʻm
Surxondaryo viloyati – 68,1 mlrd soʻm
Andijon viloyati – 15,5 mlrd soʻm
Buxoro viloyati – 11,2 mlrd soʻm
Samarqand viloyati – 10,3 mlrd soʻm
Mazkur hududlar hajmi veterinariya xizmatlari umumiy hajmida – 89,0 % ulushni tashkil etadi.