Naslchilik xoʻjaliklari soni ortib bormoqda
Joriy yilning shu paytiga qadar Samarqandda 308 ming 672 bosh sigir va tanalar sun'iy urugʻlantirildi.
Shuningdek, 75 ta tovar xoʻjaligi naslchilik toifasiga oʻtkazilib, ularning soni 205 taga etkazildi.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining jamgʻarma mablagʻlari hamda tadbirkorlarning oʻz sarmoyasi, tijorat banklaridan olingan imtiyozli kreditlar hisobidan Moʻgʻuliston davlatidan goʻsht-jun yoʻnalishida 6 ming 820 bosh “Bayat” zotli qoʻylar olib kelindi.