#til_bayrami


#til_bayrami


Bugun Viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasida boshqarma xodimlari ishtirokida 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda davlat tilining jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, uni asrab-avaylash hamda yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. So‘zga chiqqanlar O‘zbek tili – millatimiz g‘ururi, xalqimizning boy madaniy merosi va ma’naviy qadriyatlarining ifodasi ekanini ta’kidladilar.