#Qaror_va_ijro


#Qaror_va_ijro


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ–34-sonli qarori hamda Samarqand viloyati hokimining 2025-yil 6-fevraldagi 36-7-0-Q/25-sonli qaroriga muvofiq, viloyat mahalliy byudjeti hisobidan tuman (shahar) Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlarini naslchilik ishi va sun’iy urug‘lantirish jarayonlari uchun zarur moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash belgilangan.

Mazkur qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugungi yig‘ilish yakunida Samarqand tumani veterinariya bo‘limi uchastka mudirlarining bir guruhiga termosumkalar, dyuar idishlari va zarur asbob-anjomlar viloyat boshqarmasi boshlig‘i Z. Amonov hamda tuman hokimi S. Usmanov boshchiligida topshirildi.