Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining 2024-yil 2-maydagi murojaatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.12.2022 yildagi 459-son Qarori bilan belgilangan Yaponiya xalqaro xamkorlik agentligi (JICA) ishtirokida O'zbekiston Respublikasida “Chorvachilik sohasini rivojlantirish loyihasi” bo‘yicha baholash va o‘rganish missiyasi amalga oshiriladi.
Yuqoridagilarga asosan Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasida bugun missiya azolari hamda boshqarma mutaxassislari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi axborot xizmati