#Jarayon


#Jarayon


 ✍ Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan qo‘mita jamoasi bilan ma'rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.

✅ Tadbir davomida Bahrom Norqobilov o‘z faoliyati yillarida qo‘mita tomonidan amalga oshirilgan tizimli ishlar, sohada erishilgan natijalar va jamoa bilan olib borilgan samarali hamkorlik haqida fikr bildirdi.

 ✅ Shuningdek, qo‘mitaning kundalik faoliyatida namoyon bo‘lgan mas’uliyat, tashabbuskorlik va jamoaviy yondashuv tufayli ko‘plab muhim vazifalar samarali bajarilganini alohida ta’kidladi.

✅ Bahrom Norqobilov faoliyat jarayonida ko‘rsatib kelgan fidokorona mehnati, doimiy qo‘llab-quvvatlovi va samimiy hamkorligi uchun barcha hamkasblariga chuqur minnatdorlik izhor etdi.

✅ Shu bilan birga, kelgusida ham soha oldida turgan vazifalarni amalga oshirishda izchillik, mas’uliyat va hamjihatlik muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

✅ Shu munosabat bilan Bahrom Norqobilov barcha qishloq xo‘jaligi tizimi xodimlarini “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” bilan samimiy muborakbod etdi.

✅ Soha vakillarining halol mehnati, kasbiga sadoqati va mas’uliyatli xizmatini yuqori baholab, ularga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.