#Gidroponika


#Gidroponika


Bulungʻur tumani F.Yoʻldoshev MFY dagi aholi xonadonlarida parvarish qilinayotgan sut yoʻnalishidagi qoramollarni tajriba asosida gidroponika usulida etishtirilgan ozuqa bilan boqish texnologiyasini joriy etish ishlari olib borilmoqda. 

Viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi v.b O.Baqoyev hamda veterinariya mutaxassislari ishtirokida aholi xonadonlarida gidroponika usulida ozuqa etishtirishning afzalliklari, sut ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirishda muhim omillardan biri ekanligi toʻgʻrisida tushunchalar berildi.