#yigʻilish


#yigʻilish


Davlatimiz rahbarining joriy yil 10-dekabr kuni Qishloq xo‘jaligi xodimlari bilan o‘tkazgan muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Z. Amonov rahbarligida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda barcha tuman va shahar bo‘limlari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida chorvachilik, parrandachilik, qo‘ychilik, baliqchilik kabi yo‘nalishlarni yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanish hamda belgilangan topshiriqlar ijrosini sifatli tashkil etish masalalari batafsil ko‘rib chiqildi. Shuningdek, har bir hududda loyiha va tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish, sohaga oid mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.