#Jarayon


#Jarayon


Samarqand viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi A.A.Nurullayev Ishtixon tumanida joylashgan 15-umumiy oʻrta ta'lim maktabining yangi oʻquv yiliga tayyorligi, oʻquvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, tashkil etilgan kasb-hunarga oʻqitish, kasb oʻrganish tugaraklari bilan tanishdi. 

Viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi A.A.Nurullayev ushbu maktabda haftasiga bir marta kelib oʻquvchilarga Veterinariya soxasi toʻgʻrisida mashgʻulot oʻtib berish taklifini kiritdi va bu taklif maktab ma'muriyati tomonidan ham ma'qullandi.