Tuman hokimligida parrandachilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi.
Unda “Mikrokreditbank” ATB boshqaruvi raisi Orif Bo‘tayev, Samarqand tumani hokimi Sirojiddin Usmanov, shahar va tumanlardagi parrandachilik xo‘jaliklari rahbarlari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda ichki bozorlarga sifatli va arzon chorva va parranda mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirish, aholini ish bilan ta’minlash xususida so‘z yuritildi.
Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaatlar yechimi yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berilib, muddat talab etiladigan murojaatlar ijrosi tegishli mas’ullar zimmasiga yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.