Samarqand tumanida chorvachilik va parrandachilik bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi


Samarqand tumanida chorvachilik va parrandachilik bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi

03.08.2025

Samarqand tumanida aholi xonadonlarida chorvachilik va parrandachilikni yo‘lga qo‘yish orqali daromadni oshirishga qaratilgan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Z. Amonov ishtirok etib, uy sharoitida chorvachilik va parrandachilik bilan shug‘ullanishning iqtisodiy samaradorligi yuzasidan mas’ullarga tavsiyalarini berdi.

Seminar davomida aholiga amaliy yordam ko‘rsatish, veterinariya xizmatlarini tashkil qilish va kichik fermerlik faoliyatini kengaytirish borasida aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, ilg‘or tajribalar asosida tashkil etilgan xonadonlar faoliyati o‘rganildi.