Rasmiy munosabat


Rasmiy munosabat


Bugun Vaqt.uz’ telegram kanali orqali "«Dermatit»mi yoki «go‘balak»? — Samarqandda mollar o‘limiga sabab bo‘layotgan kasallik chorvadorlarni xavotirga solmoqda" sarlavhali maqola e’lon qilindi. Unda Jomboy tumani Gʻazira MFY hududida joylashgan Shakar qishlog‘ida yashovchi fuqaro Marat Xudoyberdiyev tomonidan chorva mollari o‘rtasida yuqumli kasallik tarqalganligi to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

Ushbu holatni Samarqand viloyati  Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan tuzilgan Ishchi guruhi a’zolari Gʻazira MFY raisi Z.Normamatov hamda mahalla faollari bilan birgalikda joyiga borib o‘ganishdi. O‘rganishlar jarayonida Gʻazira MFY raisi Z.Normamatov va mahalla faoli R. Zoirovlar  hududda bugungi kunda chorva mollari o‘rtasida "Dermatit" kasalligi tarqalganmaganligini ma’lum qilishdi.

 Maqoladi keltirilgan "Dermatit" kasalligi bilan bog‘liq holat o‘z tasdig‘ini topmadi.

Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi