Qrim –kongo gemorragik isitmasi kasalligi o‘ta yuqumliligi, ancha og‘ir kechadigan va noxush oqibatlarga xam olib kelishi mumkin bo‘lgan kasallikdir. Uni asosan viruslar keltirib chiqaradi, ko‘proq cho‘l qududlarida kuzatiladi. Kasallik ilk bor Qrimda zobitlar va aqoli o‘rtasida tarqalgan va shuning uchun ham “Qrim gemorragik isitmasi” deb nom olgan.
Kasallik virusi o‘zida gemorragik isitma virusini saqlaydigan kanalarning chaqishi ularni ezib o‘ldirish chog‘ida qo‘l kana qoni bilan ifloslanishi natijasida odamga yuqadi. Xastalikning ilk alomatlari yuzaga chiqquniga qadar bo‘lgan davr bir necha soatdan 7 kungacha o‘rtacha 2-3 kun davom etadi.