PAYARIQ TUMANIDA O‘QUV-AMALIY SEMINAR TASHKIL ETILDI.
Samarqand viloyatining Payariq tumanida Qrim-Kongo gemorragik isitma va qutirish kasalligiga qarshi kurash bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Tadbirda Davlat veterinariya xizmati, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi, IIB, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi hamda tibbiyot birlashmasi mutaxassislari ishtirok etdi.
Seminar davomida Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi va qutirish kasalliklarining oldini olish va unga qarshi kurash bo‘yicha taktik o‘quv mashg‘ulotlar olib borildi va kerakli tavsiyalar berildi.