187 kilogramm sifatsiz go‘sht mahsulotlari manziliga etmadi


     187 kilogramm sifatsiz go‘sht mahsulotlari manziliga etmadi


 

Bulung‘ur tumanida joylashgan “Yuqori nuqta” yo‘l-patrul xizmati maskanida viloyat IIB xodimlari tomonidan “Qashqadaryo-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan M.F. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatib tekshirilganida, yukxonasi hamda salon ichida veterinariya-sanitariya talablariga javob bermaydigan 141 kilogramm og‘irlikdagi go‘sht mahsulotlari olib ketilayotganligi aniqlandi.

      SHuningdek, ushbu avtomashina bilan birga harakatlanib kelayotgan, N.B. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtotransport vositasi tekshirilganida, uning ham yukxonasi va saloni ichida veterinariya-sanitariya talablariga javob bermaydigan, boqilgan va so‘yilgan joyi noma’lum chorva molining 46 kilogramm og‘irlikdagi go‘sht mahsuloti borligi aniqlandi.

      Ekspertiza tekshiruv natijasiga ko‘ra, ushbu go‘sht mahsulotlari iste’molga yaroqsizligi aniqlandi va tegishli tartibda yo‘q qilindi.