Veterinariya va chorvachilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar


Veterinariya va chorvachilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar


Qo‘shrabot tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari tumandagi aholi qaramog‘idagi mavjud qishloq xo‘jalik hayvonlarini emlash darajasi bo‘yicha monitoringdan o‘tkazmoqda.

“Oqsil” va “Kuydirgi” kasalligiga qarshi emlash, shuning bilan birgalikda, aholi vakillari bilan veterinariya xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 202-sonli qarori ijrosi yuzasidan suhbatlar o‘tkazilmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad yuqumli kasalliklar kirib kelishini oldini olish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini sifatli go‘sht va sut mahsulotlar yetkazib berish hisoblanadi.

Reja bo‘yicha ushbu tadbirlar tumandagi barcha mahallalarda bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

 

Kanalga ulanish?

@samvetnews