Kattaqo‘rg‘on tumanida qoramollarning nasli yaxshilanmoqda: bugunga qadar 16 ming boshdan ortiq sun’iy urchitilgan buzoqlar tug‘ildi.


Kattaqo‘rg‘on tumanida qoramollarning nasli yaxshilanmoqda: bugunga qadar 16 ming boshdan ortiq sun’iy urchitilgan buzoqlar tug‘ildi.


 

 Qoramollarni oziqlantirish va parvarishlash bilan birgalikda urchitilayotgan sigirlarni jahonning ilg‘or seleksion usullaridan foydalanib, nasl va mahsuldorligini yaxshilash tumanimiz chorvachiligi oldida turgan muhim vazifalardan biri edi.

Shu maqsadda 2022 yilning boshida 2 nafar chorva mutaxassislari Rossiya Federatsiyasining Lipesk viloyati "ЩELKOVO AGROXIM" xususiy korxonasida chorva mollari naslini yaxshilash borasida malakali mutaxassislardan tajriba o‘rganib keldi.

Bugungi kunda tumanda sun’iy urug‘lantirish bo‘yicha malakali mutaxassislar, homiladorlikni tekshiruvchi “O‘zi” apparati, d’yuar idishlar, mikraskoplar va boshqa zarur asbob-anjomlari yetarli.

2022 yil boshidan malakali mutaxassislar aholi xonadonlaridagi qoramollar naslini yaxshilash maqsadida xududlarda 23 ming boshdan ortiq qoramollarni sun’iy urug‘lantirib, natijada 16 ming boshdan ortiq buzoqlar tug‘ildi. 

Chetdan 1 bosh naslli buzoq importi o‘rtacha 1000 dollarga tushadi. Demak, o‘zimizda sun’iy urug‘lantirish orqali tug‘ilgan 16 ming bosh naslli buzoq 16 million dollar valyutani iqtisod qilmoqda. Bundan tashqari, chetdan olib kelingan qoramollar o‘zimizni iqlim sharoitga moslashguncha, 15-20 foiz chiqimga yo‘l qo‘yilib, mahsuldorlik yo‘qoladi. O‘zimizda tug‘ilgan naslli qoramollar sharoitga moslashib tug‘iladi.  Mahsuldorligi baland va kasallika chidamliligi yuqori bo‘ladi.