Jarayon


Jarayon

06.12.2024

 

 Samarqandda to‘rtta yangi oilaviy chorvachilik kooperatsiyasi tashkil etildi

      Viloyatda shu yilning o‘tgan davri mobaynida 600 mlrd 674 mln so‘mlik 82 ta loyiha amalga oshirildi. Bulung‘ur va Kattaqo‘rg‘on  tumanlarida 47 mlrd 800 mln so‘m mablag‘ o‘zlashtirilib, jami 2,8 ming boshga mo‘ljallangan ikkita yirik chorvachilik klasteri tashkil etildi.

      Faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 25 ta tovar xo‘jaligi naslchilik toifasiga o‘tkazilib, ularning soni 142 taga yetkazildi.

      Naslchilikni samarali tashkil etish maqsadida ish bilan band bo‘lmagan 202 nafar nafar texnik-osemenator jalb etilib, aholi va fermer xo‘jaliklari qaramog‘idagi 356 ming bosh sigir va tanalar sun’iy urug‘lantirildi.

      Go‘sht va sut mahsulotlari yetishtiruvchi va qayta ishlovchi  4 ta korxona tomonidan yangidan oilaviy chorvachilik kooperatsiyalari tashkil etildi. Gidroponika asosida ozuqa ishlab chiqaruvchi subektlar soni 38 taga yetkazildi.