CHORVACHILIK - DAROMAD MANBAI


CHORVACHILIK - DAROMAD MANBAI


Chorvachilik serdaromad soha. Aholimizning asosiy daromad manbai ham undan. Qishloq xo‘jaligining ushbu tarmog‘i mamlakat iqtisodiyotining yuksalishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. 

Shu bois yurtimizda chorvachilikni rivojlantirish, qoramollarda uchraydigan yuqumli kasalliklarning oldini olish, davolash va profilaktik tadbirlarni olib borishga alohida e’tibor qaratilgan.

“Navqiron Narpay” gazetasi hamda tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari  “Agrogoldspring” fermer xo‘jaligining chorvachilik kompleksiga tashkillashtirilgan press-turda bu borada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.

Ta’kidlash lozimki, chorvachilik kompleksida 600 boshdan ziyod zotli qoramol parvarish qilinadi.

©navqiron_narpay gazetasi