Boshqarma Tadbir


Boshqarma Tadbir

11.12.2023

 Bugun Viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasida "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi" hamda “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni – “Hosil bayrami”ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni  Viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i A.Nurullayev  kirish so'zi bilan ochib, yig'ilganlarni bayram munosabati bilan samimiy tabriklab o'tdi.

Shundan so‘ng boshqarma apparatida va tizim tashkilotlaridan soha rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan rahbar va xodimlar esdalik faxriy yorlig'i bilan taqdirlandi.

 

Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi axborot xizmati