Bayram_tabrigi


Bayram_tabrigi

22.10.2024

Qoʻmita raisi Bahrom Norqobilovning Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan tabrigi

Aziz yurtdoshlar, qadrli veterinariya va chorvachilik sohasi xodimlari!

Barchangizni milliy bayramlarimizdan biri boʻlgan - Oʻzbek tili bayrami, oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etaman! 

Ajdodlarimiz tomonidan bizgacha saqlanib, sayqallanib kelayotgan ona tilimizni kelajak avlodlarga sof holda yetkazish, shu tilda asarlar va  ilmiy kashfiyotlar yaratish, xalqaro miqyosda ham muloqot vositasiga aylanishini taʼminlash oʻzini vatanparvar hisoblaydigan har bir kishining muqaddas burchi hisoblanadi. Zero, ona tili – millatning ruhi demak. Til — davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish, boyitish milliy yuksalishdir. 

Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda ona tiliga eʼtiborni har bir inson o‘zidan boshlamog‘i zarur.

Ona tilimiz mangu yashasin!