Bugun Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Z. Amonov Urgut tumanida bo‘lib, tumandagi Veterinariya bo‘limi guruh rahbarlari hamda mas’ul xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tuman hududida joriy yilda veterinariya va chorvachilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, epizootik vaziyat, profilaktik tadbirlar, chorva sog‘ligini muhofaza qilish hamda veterinariya xizmatlari samaradorligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, kelgusida sohada amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar, mavjud muammolarni bartaraf etish, chorvachilikni rivojlantirish hamda veterinariya nazoratini yanada kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.