#Tabrik #Tadbir #Konstitutsiya


#Tabrik #Tadbir #Konstitutsiya

05.12.2023

2023-yil 4-dekabr kuni Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasida "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi"ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Hayvonlarni sog'ligini muhofaza qilish sho'basi mudiri X.Umarov kirish so'zi bilan ochib, yig'ilganlarni yaqinlashib kelayotgan ulug' bayram munosabati bilan samimiy tabriklab o'tdi.

“Barchangizni o‘zim va butun jamoa nomidan bayram bilan tabriklayman. Bilamizki, keyingi yillarda yurtimizda Konstitutsiya asosida katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga jamiyatimiz taraqqiy etishida, hayotimiz farovon bo‘lishida siz aziz hamkasblarning ham hissangiz beqiyos. 

Shundan so‘ng boshqarma apparatida soha rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan xodimlar esdalik faxriy yorlig'i bilan taqdirlandi.