#Tabrik


#Tabrik

01.01.2026

Hurmatli soha fidoyilari!

Sizlarni kirib kelayotgan 2026 yil — Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

O‘tayotgan yil davomida veterinariya va chorvachilik sohasini rivojlantirish, aholi salomatligini muhofaza qilish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida olib borgan mashaqqatli va mas’uliyatli mehnatingiz har qanday tahsinga loyiqdir. Sizlarning fidokorona sa’y-harakatlaringiz tufayli sohada muhim natijalarga erishildi.

Yangi yil barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik hamda kelgusi faoliyatingizda yangi yutuq va zafarlar olib kelsin. Oldimizga qo‘yilgan ezgu maqsadlarni birgalikda, hamjihatlikda muvaffaqiyatli amalga oshiramiz, degan ishonchdaman.

Fursatdan foydalanib, Sizlarga va yaqinlaringizga yangi yilda omad, baraka va farovonlik tilayman. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, Z.Amonov