#manaviyat_soati


#manaviyat_soati

12.09.2025

Bugun Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida davlat xizmatchilari uchun tashkil etib kelinadigan navbatdagi manaviyat soati bo'lib o'tdi.

Ushbu haftaning xar juma kuni doimiy ravishda tashkil etib kelinayotgan "Siyosiy-ma'rifat soati"da boshqarma xodimlari doimiy ravishda faol ishtirok etib kelishmoqda.

O‘quv soati davomida Yurtimiz va xorijdagi muhim jarayonlar haqida va hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yoritib boriladi. Shuningdek davlat xizmatchilarining shaxsiy rivojlanishlari uchun “Bir chimdim maʼnaviyat" rukni ostida turli maʼnaviy qisqa video lavhalar namoyish etilmoqda.