Bugun Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Z.Amonov Pastdarg'om tumani Xoncharbog' MFY da bo‘lib, tumandagi veterinariya bo‘limi mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tuman hududida veterinariya sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, boshqarma boshlig'i tomonidan sohani yanada rivojlantirish, hayvonlar salomatligini saqlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda kuzgi emlash tadbirlarini sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.