#Jarayon


#Jarayon

05.01.2026

Bugun Viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Z. Amonov hamda “Mongol Eco Meat Co. LTD” kompaniyasi vakili Ji Kai Liang bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Mongoliyadan mayda shoxli chorva mollari va qo‘y go‘shtini olib kelish, shuningdek, yaylovlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar kelgusida Samarqand viloyatiga Bayat zotli qo‘ylar bosh sonini ko‘paytirish hamda qo‘y go‘shtini yetkazib berish yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishdilar.