Tabrik


Tabrik


#onatilimfaxrim 

Aziz yurtdoshlar, Sizlarni bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami kuni bilan Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi jamoasi nomidan muborakbod etaman!

O‘zbek tili xalqimizning azaliy qadriyatlarini birlashtirib, milliy o‘zligimizni namoyon etuvchi ulkan maʼnaviy boyligimizdir. 

Milliy o‘zligimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lgan ona tilimizni asrab-avaylash, ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan maʼnaviy boyligimizni kelajak avlodga asl holida yetkazish muqaddas burchimizdir.  

O‘tmishimiz va kelajagimizni bog‘lab turuvchi, shonli va sharafli yo‘llarni bosib kelayotgan o‘zbek tili bugun davlat tili maqomida yanada ulug‘vorligini namoyon etmoqda. 

Darhaqiqat, keyingi yillarda tilimiz qadri va nufuzini oshirish borasidagi amaliy ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi.

O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va obro‘-eʼtiborini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo miqyosida ona tilimizning mavqei mustahkamlanib boryapti. 

O‘zbek tili xalqaro minbarlarda baralla yangrab, tinchlik, do‘stlik va hamkorlik vositasi bo‘lib xizmat qilaversin.

O‘zbek tili bayrami kuni bilan barcha yurtdoshlarimizni yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.

Alisher Nurullayev,

Samarqand viloyati Veterinariya 

va chorvachilikni rivojlantirish

boshqarmasi boshlig'i