Tabrik


Tabrik

30.09.2024

Qadrli ustoz va murabbiylar! 

   Avvalo, siz, azizlarni, ta’lim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlarini 

 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etaman. 

  Yoshlarni kamol toptirgan, ularga ta’lim-tarbiya bergan va hozirgi kunda ham mehnatlarini ayamayotgan aziz ustozlarga hurmat-ehtiromimni bildiraman. 

  Dunyodagi eng bebaho boylik – aql-zakovat va ilm, o‘lmas meros – yaxshi tarbiyadir. Sizlar esa dunyodagi eng bebaho boylik va boqiy merosni yaratish, uni xalqimizga, yangi avlodga yetkazish yo‘lida chinakam fidoyilik ko‘rsatib mehnat qilayotgan ulug‘ insonlarsiz! 

  Aziz ustozlar! 

  Siz, azizlarni qutlug‘ bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, kelajagimiz yoshlarini ulg‘aytirishdek ezgu faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. 

  Alisher Nurullayev 

 Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i