Respublikaning qaysi hududida sigirlar umumiy bosh sonining ulushi yuqori?
Dastlabki ma’lumotlarga asosan, 2024-yilning 1-iyul holatiga respublikada sigirlarning umumiy bosh soni 4 874,3 ming boshga yetgan.
Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,9% ga o‘sgan.
Sigirlar umumiy bosh sonining eng yuqori ulushi Samarqand viloyati (14,4%) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Shu bilan birga, Qashqadaryo (11,4%) va Buxoro (8,9%) viloyatlarida ham sigirlar bosh sonining yuqori ko‘rsatkichlari kuzatilgan.
Kanalga ulanish????
☑️ @samvetuz