Joriy yilning 4-avgust kuni soat 18:00 larda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida joylashgan “Yuqori nuqta” YPX maskanida Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Jeynov qishlog‘ida yashovchi, 28.03.1994 yil tug‘ilgan fuqaro Xotamov G‘ayrat Ochilboy o‘g‘li boshqaruvida bo‘lgan, 70 U543WA davlat raqamli, Kobalt rusumli avtomashina viloyat IIB va Viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda to‘xtatib tekshirilganda avtomashina salonida Qashqadaryo viloyatidan Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketilayotgan, taxminiy og‘irligi 320 kg kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan go‘sht mahsuloti borligi aniqlandi, mazkur go‘sht mahsulotlari Bulung‘ur tumani labaratoriya tekshiruvidan tekshirilganda iste’molga yaroqsiz va xavfli ekanligi aniqlandi va tegishli tartibda yo‘q qilindi.
Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish????
☑️ @samvetuz