O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-avgustdagi PQ-285-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 30 yanvardagi 03/31-56-sonli topshirig‘iga asosan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazish grafigi tasdiqlangan.
Ushbu grafikka asosan Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Kattaqo‘rg‘on jayxuni” baliqchilik yo‘nalishidagi naslchilik xo‘jaligida seminar tashkil etildi. Seminarda viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi va Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari hamda tuman baliqchilik xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.
Seminar davomida “Kattaqo‘rg‘on jayxuni” baliqchilik xo‘jaligi rahbari S.Yo‘ldashov so‘zga chiqib, bugungi kunda baliqchilik sohasidagi mavjud muammolar, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish yo‘llari hamda erishilgan yutuqlar to‘g‘risida hamda baliqchilik sohasida amalga oshirilayotgan naslchilik ishlari yuzasidan batafsil ma’lumot berib o‘tdi.