QO‘MITA RAISI BALIQCHILIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTIDA TASHKIL ETILGAN NASLCHILIK YO‘NALISHIDAGI BALIQCHILIK KLASTERI BILAN TANISHDI


QO‘MITA RAISI BALIQCHILIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTIDA TASHKIL ETILGAN NASLCHILIK YO‘NALISHIDAGI BALIQCHILIK KLASTERI BILAN TANISHDI

28.07.2021

 

    Qo‘mita raisi Bahrom Norqobilov Toshkent viloyati YAngiyo‘l tumani “Qo‘sh-YOg‘och” MFY hududida joylashgan baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti bazasida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan baliqchilikda naslchilik klasteri faoliyati bilan tanishdi.

        Mazkur klaster baliqchilik sohasiga innovatsion g‘oyalar, ilmiy ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalar va ilm-fan yutsqlarini keng ko‘lamda joriy qilish, hududlardagi baliqchilik xo‘jaliklariga yuqori mahsuldor baliq chavoqlari etkazib berish hajmini oshirish hamda respublikada ilmiy asoslangan seleksiya-naslchilik ishlarini samarali tashkil etish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, yil yakuniga qadar 100 nafar kishini, birinchi navbatda YAngiyo‘l tumanida “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash belgilangan.

       SHuningdek, loyihani amalga oshirish natijasida ilmiy-tadqiqot institutida ixtiopatologiya, baliqlar seleksiyasi va naslchilik ishi, baliqlar ozuuqasini tahlil qiladigan zamonaviy labortoriyalar tashkil etish hamda institut moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va natijalarini amaliyotga tadbiq etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish nazarda tutilgan.