Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Andijon viloyatiga tashrif buyurdi


Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Andijon viloyatiga tashrif buyurdi

12.12.2023

 

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi B.Norqobilov joylarda chorva qishlovini borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida, Andijon viloyatida bo‘lib, viloyatning Qo‘rg‘ontepa tumanidagi SAVAY MILK GROUP fermer xo‘jaligi rahbari Mirzakarimov Azizbek bilan uchrashdi.

 “SAVAY MILK GROUP” F/X raxbari bilan

Uchrashuv mobaynida ushbu fermer xo‘jalikdagi mavjud 170 bosh naslli qoramollarni parvarishi, oziqlantirilishi va chorva qishlovi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Chorvachilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha fermer xo‘jaligi rahbariga tegishli maslahatlar berdi.

 “SAVAY MILK GROUP” F/X

Shundan so‘ng, viloyatning Xo‘jaobod tumanidagi “Mustaqillikning 27 yilligi” MFYsida joylashgan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish Xalqaro fondi (IFAD) loyihasi doirasida Respublika davlat veterinariya qo‘mitasi tashabbusi bilan zamonaviy tipda yangi barpo etilgan “Veterinariya klinikasi”ga tashrif buyurdi.

 “Veterinariya klinikasi”

Tashrif jarayonida qo‘mita raisi B.Norqobilov veterinariya klinikasini ko‘zdan kechirdi va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

 “Veterinariya klinikasi”

So‘ngra, "Yangi yil" bayrami munosabati bilan Andijon shahrida tashkil etilgan arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi bilan yaqindan tanishish maqsadida, Andijon shahar 2-kichik dahada tashkil etilgan yarmarkada bo‘ldi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasida sotilayotgan baliq, parranda va mol go‘shti, tuxum va asal mahsulotlarining sifati va narxi bilan yaqindan tanishdi.