POYTAXTIMIZDA "ASAL BAYRAMI" BO‘LIB O‘TMOQDA


POYTAXTIMIZDA

05.12.2023

Xabar berganimizdek, kecha poytaxtimizdagi “Anhor-Lokomotiv” parkining markaziy hududida “Asal bayrami”ga start berildi. 

Bayramning ochilish marosimida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov  so‘zga chiqib, asalarichilik sohasining yangi rivojlanish bosqichlarini o‘tab kelayotgani, hozirgi kunda bevosita qishloq xo‘jaligi ekinlarini changlatib, hosildorligini oshishiga hamda oziq-ovqat  xavfsizligi ta’minlashda katta muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, bu kabi tadbirlarni tashkil etilishidan  maqsad asalarichilik sohasida erishilgan yutuqlar  va  sohaga yangi texnologiyalarni  joriy etishda xorijiy tajribalarni o‘rganish, albatta, sohani  rivojlanishiga hassa qo‘shishini alohida ta'kidladi.

Bundan tashqari ochilish marosimida O‘zbekiston Asalarichilar uyushmasi raisi Sharofiddin Bahridinov va Qozog'iston asalarichilar uyushmasi raisi Valeriy Kasimbayevlar so'zga chiqib asal ishlab chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar berdi hamda bayram bilan barchani tabrikladi.