MASULLAR_XUDUDLARDA


MASULLAR_XUDUDLARDA


Qishning anomal sovuq kunlarida hayvonlarni asrash maqsadida veterinariya mutaxassislari tomonidan chorvadorlar shtablaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etilgan.

Jumladan, Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamda Nurobod tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi maʼsullari tomonidan “Kattaqo‘rg‘on” MCHJga qarashli qorako‘lchilik yoʻnalishidagi X.Jumanazarov va N.Berdiyorovlarga tegishli qoʻy otarlarni kirib kelgan anomal sovuq haroratdan betalofat olib chiqish boʻyicha  zarur tavsiyalar berildi.

Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi axborot xizmati