O‘ZBEKISTONLIK VETERINAR MUTAXASSISLARGA YaPONIYaDA GRANT MABLAG‘LARI HISOBIDAN MALAKA OShIRISh BO‘YIChA KURSLAR TAShKIL ETILADI


O‘ZBEKISTONLIK VETERINAR MUTAXASSISLARGA YaPONIYaDA GRANT MABLAG‘LARI HISOBIDAN MALAKA OShIRISh BO‘YIChA KURSLAR TAShKIL ETILADI

19.10.2023

 

Joriy yilning 11 oktyabr kuni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining  Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi rahbari o‘rinbosari Yuka Sonoyama o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Muzokaralar davomida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining   (JAYKA) ishtirokida amalga oshirilishi rejalashtirilgan qiymati 200 million AQSh dollarlik “O‘zbekistonda chorvachilik sohasini rivojlantirish” loyihasining ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi.

Loyiha doirasida yaorvachilik sohasida faoliyat yuritayotgan fermer va dehqon xo‘jaliklari, qayta ishlovchi korxonalarga imtiyoli kredit mablag‘larini ajratish ko‘zda tutilgan.
Loyihani belgilangan muddatlarda ishga tushirish maqsadida amalga oshirish lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, 2024 yildan boshlab JAYKAning grant mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonning veterinariya va chorvachilik sohasi mutaxassislarining Yaponiyada malakasini oshirish bo‘yicha kurslar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.